“Investitsiya” faniining asosiy maqsadi talabalarga ushbu fan haqida tushuncha berishdan iborat. Investitsiya fani talabalarga investitsiyalar hamda investitsiya faoliyati asoslari borasida chuqur nazariy bilim berish, ularda atroilicha amaliy ko’nikmalar hosil qilishdan iborat. Bunday maqsadga erishish uchun sohaning bo'lg'usi mutaxassislari investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati, investitsiya jarayonlarining mazmuni investitsiya faoliyati va investitsiya siyosati, xorijiy investitsiyalarning iqtisodiyotdagi roli, investitsiya muhiti, investitsiya faoliyatida capital qurilish Davlat investitsiya dasturi, investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholash, investitsiya faoliyatini moliyalashtirish, investitsiya risklari va ularni pasaytirish tog’risida aniq tasavvurga ega bo’lish kabilarni o’rganadi.