“Investitsiya” faniining asosiy maqsadi talabalarga
ushbu fan haqida tushuncha berishdan iborat. Investitsiya fani talabalarga
investitsiyalar hamda investitsiya faoliyati asoslari borasida chuqur nazariy
bilim berish, ularda atroilicha amaliy ko’nikmalar hosil qilishdan iborat. Bunday
maqsadga erishish uchun sohaning bo'lg'usi mutaxassislari investitsiyalarning
iqtisodiy mazmuni va mohiyati, investitsiya jarayonlarining mazmuni
investitsiya faoliyati va investitsiya siyosati, xorijiy investitsiyalarning
iqtisodiyotdagi roli, investitsiya muhiti, investitsiya faoliyatida capital
qurilish Davlat investitsiya dasturi, investitsiya loyihalarining iqtisodiy
samaradorligini baholash, investitsiya faoliyatini moliyalashtirish,
investitsiya risklari va ularni pasaytirish tog’risida aniq tasavvurga ega
bo’lish kabilarni o’rganadi.
